Qush tili

  • 2015-09-14 14:58:48
  • 0
  • 0
  • 21626

Masalliqlar

  • kungaboqar yog'i - 2 stakan
  • un - 3 stakan
  • shakar - 3 osh qoshiq
  • tuxum - 1 dona

Tayyorlash usuli

Tuxum sarig’ini oqidan ajratib olamiz

Idish olinadi va unga 2 st un solinadi. Unning orta qismini kichik chuqurcha qilib tuxum sarig’ini solinadi.
Ushbu
qorishmaga shakar, uksusda oldirilgan soda va osimlik yogini qoshamiz.
So
ngra kefir qoshiladi.

Barcha mahsulotlarni bir ko’rinishga kelguncha aralashtiriladi.

Xamir quyuq holga kelishi uchun ozgina un qo’shiladi.

So’ngra, xamir qo’lga yopishmaydigan bo’lguncha aralashtiriladi.

Polietilen salafanga solinadi va 15-20 daqiqa davomida tindiriladi.

So’ngra xamirni olamiz va 3 mm qalinlikda yoyamiz.

2-3 sm enlikda to’g’ri to’rtburchak shaklida kesib chiqiladi.

O’rta qismdan pichoqda kesiladi.

Bitta kesib tayyorlangan qush tilini qo’lga olinadi.

So’ngra qirqilgan kesmaning o’rtasidan qush tilining bir uchini olib o’tamiz.

Barcha xamirni yuqorida keltirilgandek holga keltirib chiqiladi.

Yog’ni qizdirilgan holiga qush tilini solamiz va ikki tomonini pishirib olamiz.

Tayyor bo’lgan qush tilidan ortiqcha yog’ chiqib ketishi uchun salfetkaga qo’yib chiqiladi, qush tilini ustiga shakar kukunini sepgan holda tortiladi.

Tayyor mahsulot shunday ko’rinishda bo’ladi.



Teglar: sharq oshxonasi