Pirojka uchun oshirma xamir

  • 2015-09-15 18:03:11
  • 0
  • 0
  • 32383

Masalliqlar

  • kungaboqar yog'i - 1/2 choy qoshiq
  • un - 500 gr
  • shakar - 1 osh qoshiq
  • sariyog' - 30 gr
  • tuxum - 1 dona
  • tuz - 1/3 choy qoshiq
  • xamirturush - 25 gr
  • sut - 220 gr

Tayyorlash usuli

Oshirma xamir tayyorlanayotganda xonada shabada bo‘lmasligi zarur.

Keltirilgan masalliqdan 800 gr xamir tayyorlanadi. Agarda sizda xonaki achitqi bo‘lmasa siz uni o‘rniga quruq achitqidan 1:3 nisbatda foydalansangiz bo‘ladi. Ya’ni 1 gr quruq achitqi, 3 gr xonaki achitqi massasiga ekvivalent bo‘ladi.

"Pirojka uchun oshirma xamir" tayyorlanishi

  • Sutni ilitib, achitqi solib aratashtiriladi.
  • Shakar solinadi va erigunigacha aralashtiriladi. 20-25 daqiqa tayyor bo‘lguncha qoldiriladi.
  • Ushbu vaqt ichida sariyog‘ eritiladi va tuxumga qo‘shiladi.
  • Bir massaga kelguncha aralashtiriladi.
  • Tayyor bo‘lgan achitqini tuxumli massaga solinadi va yaxshilab aralashtiriladi.
  • Oldindan tuz solib aradshtirib qo‘yilgan unga massa solinadi.
  • Xamir tayyorlanadi va qo‘lga yopishmaydigan ko‘rinishga kelmagunga qadar qoriladi. So‘ng xamir dumaloq shaklga keltiriladi. Yog‘langan tog‘orachaga xamir soligadi va sochiq bilan ustini yopib 2-2.5 soat issiq joyda tindiriladi.
  • Ushbu vaqt ichida xamir bir-ikki marta qoriladi.

Manba