Tovuq kabob

  • 2017-07-06 07:19:04
  • 0
  • 0
  • 10463

Masalliqlar

  • tovuq - 1 dona
  • kartoshka - 5 dona
  • piyoz - 1 dona
  • kungaboqar yog'i - 1 stakan
  • un - 4 osh qoshiq
  • tuxum - 2 dona
  • tuz - ta'bga ko'ra
  • ziravor - bir chimdim
  • sarimsoqpiyoz donasi - 4 dona
  • behi - cho'pli six-10 dona

Tayyorlash usuli

  • Tovuq go'shtini suyagi bilan yo suyaksiz o'rta kubik shaklida to'g'raladi.
  • Ustiga 1choy qoshiq tuz, ziravorlar, mayda tog'ralgan chesnok solib aralashtiriladi.
  • 20-30 daqiqa marinovka qilinadi.
  • Tayyor go'sht bo'laklarini sixlarga joylab, xar birini quymoqqa bulg'ab, 2cho'mich yog'da qovuriladi.
Quymoq tayyorlash: 2ta tuxum+un+tuz solib atalanadi.
  • Kartoshka 4 ga bo'lib qovurib olamiz va tuz sepamiz.
  • Ustiga qovurilgan kabobni krest qilib terib, 1 piyola suv quyib 30 daqiqa past olovda dimlab pishiriladi.
  • Dimlagandan keyin 10 daqiqa o'tgach 1ta piyoz tog'rab solib, dimlashda davom etamiz.