Besh barmoq(shilpidoq)

  • 2018-02-21 08:13:34
  • 0
  • 0
  • 10358

Masalliqlar

  • mol go'shti - 300 gr
  • piyoz - 1 dona
  • un - ta'bga ko'ra
  • tuxum - 2 dona
  • suv - 200 ml
  • tuz - 1 choy qoshiq
  • qazi - 0,5 dona

Tayyorlash usuli

  • Qazi va go'shtni suvda pishirib,yirik shaklda to'g'raymiz.

  • Iliq suv, tuxum,1osh q.yog', tuz va un solib xamir qoramiz.
  • 2ta zuvala qilib 1soat dam oldiramiz.
  • Xamirni yupqa yoyib, to'trburchak bo'laklar kesib chiqamiz.

  • Patnisga kesilgan xamrni yoyib, 2-zuvalani ham yoyib xuddi shunday kesvolamiz.
  • Tovaga ozgina yog' solib, parrak to'g'ralgan piyozni nomiga qovuramiz va go'sht qaynagan suvdan 1-2 piyola solamiz.

  • Qopqog'ini yopib 10daqiqa past olovga qo'yamiz.
  • Go'sht,qazi qaynagan suvda xamirni ham pishirib olamiz (5daqiqa).
  • Laganga xamirni suzib,tog'ralgan go'sht,qazi va piyozli sousni quyamiz.
  • Ko'kat sepamiz
  • Yoqimli ishtaha!