Varaqi somsa

  • 2015-09-14 12:36:30
  • 0
  • 0
  • 14885

Masalliqlar

  • qo'y go'shti - 400 gr
  • kungaboqar yog'i - 1 litr
  • bulg'or qalampir - 1 bir chimdim
  • un - 500 gr
  • marakuyya - 50 gr
  • tuz - 1 bir chimdim

Tayyorlash usuli

Xamirini tayyorlanishi:

Iliq suvga tuz va eritilgan sariyog‘ ( yoki qo‘y yog‘i) solib qattiqkina xamir qoriladi. So‘ng 10-15 daqiqa o‘rab olib, tindirib yana mushtlanadi. Shundan so‘ng, o‘qlov yordamida juda nafis (1-2 mm) qilib yoyiladi. Yoymaning yuzasiga yog‘ surkab, eni 7-8 sm keladigan tasmalar kesiladi. Tasmalarni 3-4 tasini bir-biriga ustun qo‘yib yana eni 7-8 sm keladigan qilib kesilganda 3-4 qavatli kvadrat jildlar hosil bo‘ladi. Har birini ana shunday qat-qat jild o‘rtasini jo‘va bilan nafisroq qilib yoyiladi. Chekkalari esa qat-qatligicha qoladi. Shu usulda tayyorlangan jildlarga 1 choy qoshiqida qiyma solib ikki buklaysiz, chetlariga qo‘l tekkizmay qiyma solingan joyi atrofini barmoqlar bilan ezib yopishtiriladi.

Ana shu somsalarni dog‘ bo‘lib turgan frityurga solib qizarguncha qovuriladi va chekkalari xuddi kitobning varaqalariga o‘xshab chiroyli chiqadi.

Qiymasini tayyorlanishi:

Yog‘sizroq qo‘y (mol) go‘shtni qiymalagichdan o‘tkazib, juda mayin qilib to‘g‘ralgan piyoz, murch va tuz qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. Tovaga dog‘langan yog‘dan solib qiyma jazlab olinadi. Go‘sht bilan piyoz seli bug‘laguncha kovlab 20-30 daqiqa turiladi. So‘ngra qiyma laganga olib yoyib sovutiladi va jildlarga solib yuqorida aytilganidek qilib tugiladi.

Somsalarni qovurib olingandan keyin likopchalarga, laganga yoki vazaga solib yuziga qand upasidan sepib dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!



Teglar: somsa go'sht yog'li