Gampan
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 60 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 3552.25 ккал
- 2015-10-08 14:48:01
- 1
- 0
- 19988
Masalliqlar
- mol go'shti - 300 gr
- kartoshka - 1 dona
- pomidor - 4 dona
- bulg'or qalampir - 4 dona
- sarimsoqpiyoz - 1 dona
- guruch - 750 gr
- selderey - 0.5 bog‘
Tayyorlash usuli
Qayla tayyorlash:
Qizigan qozonga 1 cho‘mich yog‘, so‘ng yupqa to‘g‘ralgan go‘sht, birozdan keyin piyoz solib yaxshilab qovuramiz.
Shundan so‘ng pomidor (yoki tomat) solamiz.Uni ham yaxshilab qovurib, ketidan kartoshka,so‘ng selder, 4 dona sarimsoq piyoz,kubik shaklida to‘g‘ralgan basay solamiz.Keyin bulg‘or qalampirini solib, qovuramiz.Biroz qovurib, keyin suv solamiz.O‘rta olovda yarim soatcha qaynagandan so‘ng selder bargini solamiz va olovni o‘chiramiz.
Guruchni pishirish:
Guruchni yaxshilab tozalab, yuvib, iliq suvda ivitamiz.Qozonni qizdirib 2 qoshiq yog‘ solamiz, guruchni solib ozgina aralashtirib tuz solamiz , 2 daqiqadan so‘ng, guruchni ko‘mib ikki sm cha tepalikda suv solamiz va suvi tortib ketguncha kutamiz.
Huddi osh cingari damlaymiz.
20-25 daqiqadan so‘ng tayyor bo‘ladi.Likopchaga avval guguch, keyin qaylasini suzib dasturxonga tortamiz.