Karamli do'lma

  • 2015-11-18 11:45:13
  • 0
  • 0
  • 20219

Masalliqlar

  • piyoz - 1 dona
  • kungaboqar yog'i - 2 osh qoshiq
  • guruch - 1 stakan
  • tuz - 1 ta'bga ko'ra
  • kashnich - 0.5 bog‘
  • karam - 1 dona
  • tomat pastasi - 1 osh qoshiq
  • mol go'shti qiymasi - 250 gr

Tayyorlash usuli

Katta qozonni yarimigacha suv quyib, qaynating. Karamni qozonga solib, biroz 10 daqiqa qadar qaynatib oling. Bu karam yaproqlarini oson chiqarib olish va yirtmasdan o’rash uchun muhim.
Qaynatib olgan karam yaproqlarni ajratib oling, yirtilsa ham qo’rqinchli emas, chunki o’rashda agar karam barglari katta bo’lsa zotan bo’lishga to’g’ri keladi. Yaproqlarni ajratib olgandan keyin sovuq suvga tutib olsangiz, issig’i bilan erimaydi, bilasiz karam nozik narsa.
Ich masallig’ini idishga solib, aralashtiring. Karam barglarining en ustidagi qalin tomirini kesib oling. 4 barmoq kengligida bolaklar kesib oling. Tahminan har bir yaproqdan 4 dona dolma chiqishi kerak. Albatta bu karamni kattaligiga bog’liq.
Orab bolgan karam dolmalaringizni qozonga tring. Ustiga tomat va saryog’li sousni soling. 2 stakan (yarim litrga yaqin) suvni ehtiyotlik bilan qozonni chetidan quying. Ustini og’irroq tarelka bilan yoping. Yarim soatlardan keyin tekshirib koring, agar pishmagan bolsa yana 10 daqiqa pishiring.