Qiymali baqlajon zapekankasi
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 50 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 2935.89 ккал

- 2016-01-08 12:39:16
- 0
- 0
- 11966
 
 
Masalliqlar
- baqlajon - 2 dona
- pomidor - 4 dona
- kungaboqar yog'i - 1 stakan
- shakar - 1 choy qoshiq
- ko'kat - 0.5 bog‘
- limon sharbati - 1 dona
- pishloq - 200 gr
- sarimsoqpiyoz donasi - 4 dona
- kashnich (kinza) - 0.5 bog‘
Tayyorlash usuli
Tayyorlanishi:
Baqlajonni uzunasiga 5mm.da
 qalinlikda plastik shaklda oxiriga 1,5sm yetqazmasdan to'graladi, 
to'grab bo'ganda xuddi veerga o'xshagan bo'ladi. Xar bitta plastinkani 
orasiga ta'mi kirishi uchun  tuz va murch sepib chiqiladi. Sirimizni 
ozgina bo'lagini plastik shaklda to'grab, pomidorni 2tasini parraklab 
dumaloq shaklda to'griymiz. Baqlajon plastiklarini xar birini orasiga 
parraklab to'gralgan sir, pomidorlani qo'yib chiqamiz. So'ng listimizga 
terib chiqamiz.
Buyoqda qolgan 2pomidorni qaynoq suvga solib 
po'stidan tozaliymizda mayda kubik shaklida to'grab skovorodkaga 
o'simlik yogida - to'gralgan pomidorimizni, maydalangan 
chisnok(qirgichni maydasidan chiqazsayam bo'ladi), ozroq shakar, tuz, va
 limon suvini siqib solamizda aralashtirib sous bo'lganiga qadar 
qovuramiz. Tayyor bo'lgan sousni Baqlajonimizni parrak plastigi ustidan 
quyamizda, duxovkada 180gradusda 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiza. 
Listni olib ustidan sirni qirgichdan chiqazib sepib, qayta duxovkaga 
5 daqiqaga yana qo'yib pishiramiz. Tayyor bo'lgan zapekankamizni likopga 
terib, ko'kat bilan xoxish bo'yicha bezab dasturxonga tortamiz






