Teh tarik choyi
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 10 daq
- Toifa: Ichimliklar
- Taomning kaloriyaliligi: 131 ккал
- 2016-08-06 00:58:44
- 0
- 0
- 6483
Masalliqlar
- quyultirilgan sut - 2 osh qoshiq
- qaynatilgan suv - 1 stakan
- choy (qora) - 2 dona
Tayyorlash usuli
Bu choy Malayziyada juda keng tarqalgan ichimliklardan biri bo'lib, so'zma-so'z tarjima qilganda teh tarik- ko'pikli choy ma'nosini anglatadi. Tayyorlash oson va ta'mi juda ajoyibdir.
Tayyorlash:
- Krujkaga 2ta paketchali qora choyni solib qaynagan suv quyasiz. Achchiq choy bo'lguncha 2-3 daqiqa turadi.
- Choy paketchalarini olib tashlab quyultirilgan sut solasiz va qoshiq toza bo'lguncha yaxshilab aralashtirasiz.
- Tayyor bo'lgan ichimlikni idishga quyib so'ng yana krujkaga qaytarib solasiz (Xuddi choy sovutgandek).Idishlarni birini balandroq 2-sini pastroq ushlab jarayonni qayta - qayta takrorlaysiz. (10~12 marotaba).
- Choy yuzida qalin ko'pik hosil bo'lgach jarayon to'xtatiladi.
Mazali choy tayyor!
Xoxishga qarab qaynoqqina choy yoki muz bo'lakchalari solib yaxna ichimlik sifatida ichishingiz mumkin.