TOVUQ SHO'RVA
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 60 daq
- Toifa: Suyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 748.8 ккал
- 2016-12-16 09:55:17
- 0
- 0
- 20438
Masalliqlar
- kartoshka - 3-4 dona
- sabzi - qizil-1 dona
- piyoz - 1 dona
- tuxum - 1 dona
- tuz - ta'bga ko'ra
- sarimsoqpiyoz donasi - 4 dona
- ko`k piyoz - 1 dona
- zanjabil - 1 bo‘lak
- tovuq boldiri - 3-4 dona
- muz bo‘laklari - murch- bir chimdim
- qalampir kukuni - ta'bga ko'ra
Tayyorlash usuli
- Qozonga suv solib tovuq bo'laklarini solamiz.
- Qaynab chiqqandan so'ng suv yuzidagi ko'pikni olib tashlaymiz. Gazni sal paslatib 30 daqiqacha qaynatamiz.
- Orada tuxumni yaxshilab yuvib, po'sti bilan solib 10 daqiqa qaynatib olamiz.
- Keyin o'rtacha tog'ralgan sabzi, butun piyoz, sarimsoq va zanjabilni solib qaynatishda davom etamiz.
- Biroz qaynagach kartoshka, tuz,murch solib yana 30 daqiqa qaynatamiz.
- Tayyor bo'lgan tovuq sho'rvani kosalarga suzamiz.
- Po'sti archilgan tuxumni 4 ga bo'lib xar bir kosaga solamiz.
- Xoxishga ko'ra yuziga ko'kat va qalampir kukuni solib dasturxonga tortamiz.