Tovuqni duxovkada dimlash

  • 2017-01-02 10:27:55
  • 0
  • 0
  • 17150

Masalliqlar

  • kartoshka - 3-4 dona
  • sabzi - qizil-1 dona
  • piyoz - 1 dona
  • pomidor - 2 dona
  • kungaboqar yog'i - ta'bga ko'ra
  • bulg'or qalampir - 1 dona
  • tuz - ta'bga ko'ra
  • zira - bir chimdim
  • sarimsoqpiyoz donasi - 3 dona
  • tovuq boldiri - 3-4 dona

Tayyorlash usuli

  • Tovuqni bo'laklab olamiz va chesnok,tuz,murch bilan marinovka qilamiz.
  • Qozonga yarim cho'mich yog' solib piyozni biroz qovurib olamiz.
  • So'ng tovuq bo'laklarini solib qovuramiz.
  • Go'sht oq rangga kirgach pomidorni solib 1-2 daqiqa qovuramiz.
  • Alohida chuqurroq qolip yo listga avval kartoshkani so'ng bowqa sabzavotlar,tuz,ziravorlarni solamiz.
  • Ustidan qovurilgan tovuq, 1 stakan suv solib falga qog'oz bn yopamiz va
    duxovkaga qo'yamiz.
  • 250° da 60 daqiqa pishirib olamiz.