Go‘shtli rulet
- Muallif: Ashurova Baxora Muminovna
- Tayyorlash vaqti: 180 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- 2017-12-18 16:46:20
- 0
- 0
- 22043
Masalliqlar
- mol go'shti - 1 kg
- piyoz - 1 dona
- tuxum - 2 dona
- tuz - 1 ta'bga ko'ra
- tuyilgan qora murch - 1 ta'bga ko'ra
- tomat pastasi - 400 ml
- pishloq - 200 gr
- sarimsoqpiyoz donasi - 2 dona
- nami qochgan non - 3 osh qoshiq
Tayyorlash usuli
Piyozni halqa qilib kesing va sarimsoqpiyozni mayda qirg‘ichdan o‘tkazing.
Katta bo‘lmagan idishda sarimsoqpiyoz, urvoq, rayhon, oregano, petrushka va tuz soling. Keyin tuxum, qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqni solib hammasini aralashtiring.
Taxta ustiga go‘shtni yoyib, tolalari bo‘ylab kesing. Faqat oxirigacha kesib yubormang. Go‘sht qalinligi 1 santimetrdan qalin bo‘lmasligi lozim. Endi tuz va murch seping.
Nachinkani go‘sht ustiga bir tekis qilib suring va bir chetidan 2 sm bo‘sh joy qoldiring.
Go‘shtni ehtiyotkorlik bilan rulet shaklida o‘rang.
Tovaga piyozni terib chiqib, ustidan go‘shtli ruletni qo‘ying (choki pastda bo‘lsin) va ustidan tomat sharbati quying. Tovani ustini folga bilan yoping va 180 gradus qizdirilgan duxovkaga 2 soatga qo‘ying.