Besh barmoq(shilpidoq)
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 60 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 1031.66 ккал
- 2018-02-21 08:13:34
- 0
- 0
- 14237
Masalliqlar
- mol go'shti - 300 gr
- piyoz - 1 dona
- un - ta'bga ko'ra
- tuxum - 2 dona
- suv - 200 ml
- tuz - 1 choy qoshiq
- qazi - 0,5 dona
Tayyorlash usuli
- Qazi va go'shtni suvda pishirib,yirik shaklda to'g'raymiz.
- Iliq suv, tuxum,1osh q.yog', tuz va un solib xamir qoramiz.
- 2ta zuvala qilib 1soat dam oldiramiz.
- Xamirni yupqa yoyib, to'trburchak bo'laklar kesib chiqamiz.
- Patnisga kesilgan xamrni yoyib, 2-zuvalani ham yoyib xuddi shunday kesvolamiz.
- Tovaga ozgina yog' solib, parrak to'g'ralgan piyozni nomiga qovuramiz va go'sht qaynagan suvdan 1-2 piyola solamiz.
- Qopqog'ini yopib 10daqiqa past olovga qo'yamiz.
- Go'sht,qazi qaynagan suvda xamirni ham pishirib olamiz (5daqiqa).
- Laganga xamirni suzib,tog'ralgan go'sht,qazi va piyozli sousni quyamiz.
- Ko'kat sepamiz
- Yoqimli ishtaha!