Perajki
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 120 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 2173.66 ккал
- 2018-02-22 08:41:15
- 0
- 0
- 11165
Masalliqlar
- kartoshka - 3-4 dona
- piyoz - 1 dona
- un - ta'bga ko'ra
- suv - 200 ml
- tuz - ta'bga ko'ra
- xamirturush - 1 choy qoshiq
- ziravor - -murch bir chimdim
Tayyorlash usuli
Masalliqlar:200ml iliq sut yo suv
1choy qoshiq droja
1choy q.tuz
un
Nachinkasi uchun:
3dona kartoshka
1dona piyoz
tuz
yog'-qovurish uchun
Tayyorlash:
- Yuqoridagi masalliqlardan oshirma xamir tayyorlab olamiz.
- Xamir oshguncha nachinka tayyorlaymiz.
- Kartoshkalarni archib suvda qaynatib olamiz.Pishgach ezib pyure tayyorlab olamiz.
- Tovaga 6 osh qoshiq yog' solib mayda tog'ralgan piyozni tillarang bo'lguncha qovurib olamiz.
- Ozgina tuz,murch qo'shamiz.
- Kartoshka pyurega qo'shib aralashtiramiz.
- Tuzini rostlaymiz.
- Oshgan xamirdan zuvalachalar kesib olamiz.
- Un bn yoyib ichiga nachinka solamiz.
- Xoxishga qarab uzunchoq yoki tandir somsadek dumaloq shaklda tugish mumkin.
- Pachoq,dumaloq perajkini xoxlaganlar tugkandan keyin va qozonga solishdan avval xamir yuzini qo'l bn bosib-bosib qo'yishingiz mumkin (ko'cha perajkisiga o'xshatib).
- Tovaga 2-3 cho'mich yog' solamiz.Sal qizigach perajki xamirlarini solib o'rta olovda pishirib olamiz (agar olov baland bo'lsa usti qizarib ichi pishmay qolishi mumkin, shunga e'tiborli bo'ling).
- Pishgan perajkilarni qog'oz salfetka ustiga olamiz.
Sous,ketchup bn dasturxonga tortishimiz yoki maktabga bolajonlarimiz tushligi uchun berib yuborishimiz mumkin.