Grechka palov
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 30 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- 2018-02-22 08:59:27
- 0
- 0
- 39164
Masalliqlar
- mol go'shti - 200-300 gr
- kartoshka - 2 dona
- sabzi - 3 dona
- piyoz - 1 dona
- pomidor - 1 dona
- kungaboqar yog'i - ta'bga ko'ra
- tuz - ta'bga ko'ra
- grechka - 500 gr
Tayyorlash usuli
- Gosht va kartoshkani yirik kubik shaklda,sabzini somoncha tog'rab olamiz.
- Qozonga 1cho'mich yog' solib qizdiramiz.
- Parrak to'g'ralgan piyozni biroz qizartirib,go'shtni qo'shamiz.
- Keyin sabzi, kartoshkani solib qovuramiz.
- Tomat sousi yoki pomidor,tuz qo'shib qovurishda davom etamiz.
- Suv solamiz, qaynab chiqgach olovni pasaytirib, 30-40 daqiqa qaynatamiz.
- Grechka yormasini tozalab yuvib qozonga solamiz.
- Zirvak suvi grechkani ko'mishi kerak.
- Suvini tortib olgach, xuddi osh palov damlagandek grechkani qozon o'rtasiga uyib olamiz.
- Qozon qopqog'ini yopib 20daqiqa past olovda damlaymiz.
- Pishgach likopchalarga suzib, yuziga ko'kat sepamiz.
Xa aytgandek,bu taomni tishi endi chiqayotgan farzandingiz uchun pishirsangiz go'shtni mayda to'g'rab yoki tayyor qiyma solib tayyorlashingiz mumkin.