Pishloqli qarsildoq cheburek
                
                
                
                    
                        
                        
                            -  2015-09-17 11:37:45
-  1
-  0
-  14711
 
                    
                                                Masalliqlar
                        
                                                            - kungaboqar yog'i - 1 osh qoshiq
- un - 150 gr
- suv - 120 ml
- tuz - 1 bir chimdim
- pishloq - 250 gr
 
                 
                
                
                    
                        Tayyorlash usuli
                            Pishloqli chebureg tayyorlash uchun uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda masalliqlar—pishloq, suv, un, tuz, va yog‘ ishlatiladi.
Xamir tayyorlash uchun idishga un va tuzni solib aralashtiriladi. Idishga suv va o‘simlik  yog‘i solinadi. Egiluvchan xamir qoriladi. 
Xamir qattiq bo‘lib qolmasligi kerak. Egiluvchan va yumshoq bo‘lishi kerak.
Xamir ozuqa plyonkasiga o‘rab 15 daqiqaga (yoki hoxishga ko‘ra) tindirib qo‘yiladi.
Pishloqni katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazib olinadi. Agar pishloq unchalik sho‘r bo‘lmasa ozgina tabga ko‘ra tuz qo‘shiladi. 
Tingan xamirni unchalik katta bo‘lmagan dumaloqlarga bo‘lib chiqiladi va dumaloq shaklda qalinligi 1 mm qilib yoyiladi. 
Doira shaklidagi xamir yarmiga maydalangan pishloq solinadi va xamirning qolgan qismi namlanib pishloqli qavatga yopiladi. 
Tovaga yog‘ solib qaynoq holga kelganda baland olovda xamirni ikki tomonini tillo tusga qirgunga qadar qovurib olinadi. 
Tayyor bo‘lgan chebureklar ozgina sovutiladi. Chunki qaynoq xolda istemol qilinsa kuyib qolish mumkin. Istemoldan ortib qolgan chebureklarni  idishga solib istemol plyonkasi bilan o‘rab muzlatgichda saqlash mumkin.
http://webspoon.ru/receipt/chebureki-s-syrom