Qish uchun o‘zimizga mos palto tanlaymiz
- Muallif: Malika
- Toifa: Moda va uslub
- 2015-10-22 11:00:49
- 0
- 0
- 16753
Palto kuz va qishki mavsum garderobidagi bazaviy kiyimdir, shuningdek, u tashqi ko‘rinishimiz bekam-u kust bo‘lishining kafolatidir. Yangi mavsumda klassik bir xil tusli yoki kombinatsiyalangan, sodda yoki murakkab bichimli, kalta yoki erkaklar uslubidagi kabi xilma-xil modellarni tanlash mumkin.
Xilma-xil ranglar
Kuzgi barglar va kechki gullar tusidagi tabiiy ranglar urfga kirdi. Ular kuzgi shinamlik hissini beradi va shahar manzarasi bilan uyg‘unlashib ketadi.
Trikotaj
Yangi mavsumda turli bezakli va naqshli trikotaj paltolarni tanlashingiz ham mumkin. Trikotajdan tikilgan cardigan va paltolar bashang ko‘rinadi, ularni ishga ham, shahar tashqarisiga sayrga ham kiyish mumkin.
Ikki bortli palto
Mazkur kuz-qish mavsumi uchun urfdagi va universal palto tanlashda ikki bortli paltolarni ko‘zdan qochirmang. Klassik turda bo‘lgani tufayli, ularni uzoq yillar davomida ham kiyish mumkin.
Mo‘ynali yoqa va yenglar
Tabiiy yoki sun’iy mo‘ynadan ishlangan kichik detal eng oddiy paltoga ham misli ko‘rilmagan jilo bera oladi. Bunday yoqa kiyimingizni nafaqat yangicha ko‘rinishga keltiradi, balki issiqlik ham beradi.