Piyoz bo‘laklarini uyning har yeriga qo‘ysangiz nima bo‘lishini bilasizmi?
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2016-04-22 10:27:37
- 0
- 0
- 8787
Piyoz jahonda eng ko‘p iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlaridan biri. U nafaqat ovqatni mazali va foydali qiladi, shu bilan birga u davolash xususiyatiga ega bo‘lgan kuchli vosita hamdir.
Bu mo‘’jizakor sabzavot qadimdan muqaddas hisoblangan va Hindistonning Ayurveda tibbiyot tizimida hamda Qadimgi Xitoy tibbiyotida shamollashga qarshi eng yaxshi dori sifatida foydalanilgan.
Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti ham piyozni efir moyi, vitamin S, V, V2, V qandlar, fitin, azotli birikmalar, oz miqdorda yod, fitontsidlar, flavonoidlar va boshqa moddalarga boy mahsulot deb baholab, nafas yo‘llari infektsiyalari, tumov, shamollash, bronxit kabi xastaliklarga eng yaxshi davo deb e’tirof etgan. Uning bargi tarkibida esa vitamin S, V2, karotin, efir moyi, qandlar, fitontsidlar hamda organik kislotalar bor.
Ruslarning qadimda yozilgan «Shifobaxsh giyohlar» kitobida piyoz haqida quyidagi so‘zlarni o‘qiymiz: «…Mabodo yurtingizda yuqumli kasalliklar tarqab ketsa, uy xonalariga bosh piyozlarni osib qo‘ying. Shunda dargohingizga havodan tarqaydigan kasalliklar kira olmaydi, xonangizning havosi pokiza bo‘ladi».
piyoz
Mazkur tavsiyaga har doim amal qilish esa juda foydali. Agar kechki paytda piyozni to‘rt qismga bo‘lib, uni uyning yoki xonaning har yeriga qo‘yib chiqsangiz, gripp viruslari oilangizga tahdid qila olmaydi.
Piyoz havodagi mikroblarni o‘ziga so‘rib, ularni zararsizlantiradi va odamning tanasiga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, piyozning bu xususiyati uning vitaminlarga boy tarkibi bilan bog‘liq. Ya’ni, uning tarkibidagi oltingugurt bilan birikuvchi sulfidlar, organik kislotalar juda foydalidir. Ayni shu moddalar piyozni archganda bizni «yig‘lash»ga majbur qiladi. Piyoz bo‘laklari har joyga qo‘yilsa, mazkur moddalar havoga ko‘tarilib, uyni dezinfektsiya qiladi.
Piyozning tarkibidagi kuchli darmondorilar yurak xastaliklariga qarshi kurashadi, saratonning oldini oladi va immunitet tizimini mustahkamlaydi.
Abu Ali ibn Sino piyozni sariq kasalligiga qarshi qo‘llagan hamda ishtaha ochishda foydalangan.
U piyoz shirasi bilan yiringli yaralarni, quloqdan yiring oqishini, angina va ko‘zga oq tushishini davolagan. Bulardan tashqari piyoz shirasini bosh og‘riqni qoldiruvchi, yumshoq ich suruvchi va ayollarda hayz to‘xtaganda hayoz keltiruvchi dori sifatida ishlatgan.
piyoz
Ko‘k piyoz yurak mushaklarining yaxshi ishlashini ta’minlaydi, tanadagi ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuborishda ahamiyati katta hisoblangan kaliy va karotin moddalariga boy. Tish kasalliklarining ham oldini olishda piyozning foydasi katta.
Eslatma: Piyoz suvini burunga tomizish mumkin emas, chunki u yallig‘langan shilliq qavatga ta’sir qiladi. Issiq mijozli kishilarning xom piyoz yeyishlari zararli bo‘lib, ularning xotirasini pasaytirib, boshlarini og‘ritishi mumkin.
Xotirani mustahkamlash uchun piyozli malham:
Bir stakan piyoz sharbati 1 stakan asal bilan aralashtiriladi. Shu doridan kuniga uch mahal ovqatdan bir soat oldin yoki ovqatdan 2-3 soat keyin 2 oy davomida bir choy yoki osh qoshiqda miya skleroziga davo sifatida iste’mol qilinadi. Ikki hafta tanaffus qilib, yana 2 oy yeyish tavsiya qilinadi.
piyoz
Uyquga ketish oldidan piyozni bir necha bo‘lakka bo‘lib, oyoq ostiga qo‘yish va paxtali paypoq kiyib yotilsa, tanadagi zararli toksin va gripp infektsiyalari piyoz yordamida oyoq orqali so‘rib chiqariladi.