Biz bilgan xurmo - ming dardga davo
- Muallif: Malika
- Toifa: Oshxona va ovqatlanish
- 2017-03-09 15:51:35
- 0
- 0
- 11629
Xurmo qoqisi - salomatlikni mustahkamlovchi va umrni uzaytiruvchi ajoyib meva. Aytishlaricha, Xitoyda asosan xurmo qoqisi bilan oziqlanib uzoq umr ko‘ruvchilar bor. Bu juda foydali mahsulot, ko‘p parhezshunoslar shirinlik o‘rniga xurmo qoqisini iste’mol qilishni tavsiya qilishadi. Bundan tashqari, xurmo qoqisi qadim zamonlardan beri o‘zining shifobaxsh xususiyatlari bilan mashhur.
Tibbiyotda qonda qand moddasining kamligi ko‘pincha insonning haddan tashqari ochqashiga olib kelishi tasdiqlangan, atigi bir necha xurmo qoqisi iste’molidan keyin esa ochlik hissi yo‘qoladi. Shunday ekan, ro‘zador inson taom tanovuliga o‘tishdan avval xurmo qoqisidan yeb olsa, me’yordan ortiq ovqat yeb qo‘ymaydi va o‘zining jismoniy hamda ma’naviy salomatligiga ziyon yetkazmaydi.
Xurmo qoqisi aksariyat boshqa mevalarda mavjud bo‘lmagan 6 xil aminokislotaga ega.
Xurmo qoqisi miya faoliyati va normal ruhiy holatni saqlab qolish uchun (ayniqsa, keksa yoshda) zarur bo‘lgan muhim aminokislota - triptofanga ham boy. Triptofan qarishga to‘sqinlik qiladi: uning taomnomangizda bo‘lishi hujayralar qarishini to‘xtatish imkonini beradi. Bundan tashqari, aynan triptofan tufayli xurmo qoqisi tinchlantiruvchi hamda uyquga elituvchi ta’sirga ega.
Xurmo qoqisi triptofandan tashqari yana bir aminokislota - glyutaminga ega bo‘lib, u ortiqcha oshqozon kislotasini bartaraf etib, jig‘ildon qaynashining oldini oladi. Shuningdek unda selen ham mavjud bo‘lib, u saraton va yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi, immun tizimini mustahkamlaydi.
Katta miqdordagi qand moddasining V5 vitamini bilan uyg‘unlashuvi tufayli xurmo daraxti mevalari nafaqat chanqoqni qondiradi, balki jismoniy kuch, quvvatni tiklaydi va miya hamda asabni tetiklashtiradi.
Xurmo qoqisi tarkibida xolesterin bo‘lmaydi.
Xurmo qoqisi kam kaloriyali, shuning uchun uni bemalol shirinliklarning o‘rniga iste’mol qilsangiz bo‘ladi, u vaznning oshishiga olib kelmaydi.
Olimlarning fikricha, kuniga 10 dona xurmo qoqisi iste’moli insonning magniy, mis, oltingugurt, temir, kaltsiyga bo‘lgan bir kunlik ehtiyoji uchun yetarlidir. Shunday ekan, faqat xurmo qoqisi va suvning o‘zi bilan bir necha yil yashab o‘tish mumkin.
Zamonaviy tibbiyot ham xurmo qoqisining xususiyatlarini o‘rganib, unga oid akademik tadqiqotlar o‘tkazib, bu mahsulotning ko‘plab foydali xususiyatlarini kashf qilgan:
• xurmo qoqisi inson salomatligi uchun xavfli bakteriyalar, mikroblar va parazitlar uzatuvchilari hisoblanmaydi;
• xurmo qoqisi zararli amyobalar bilan kurashishning ajoyib vositasi hisoblanadi;
• xurmo qoqisida inson organizmida salbiy bakteriyalarni yo‘q qiluvchi moddalar mavjud;
• xurmo qoqisi - fazogirlar uchun betakror ozuqa va dori;
• xurmo qoqisida bachadonning tez qisqarishiga olib keluvchi moddalar mavjud bo‘lib, bu ayollarda tug‘uruq jarayonini osonlashtiradi, uning tez va nisbatan og‘riqsiz o‘tishiga sabab bo‘ladi;
• xurmo qoqisida tunda ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi A vitamini bor;
• tarkibida V vitaminining mavjudligi mushak tizimining normal faoliyati va rivoji uchun foydali;
• xurmo qoqisi ishtahani yaxshilaydi;
• och qoringa xurmo qoqisini iste’mol qilish parazitlarni o‘ldiradi;
• xurmo qoqisi - bu meva, taom, dori, ichimlik va shirinlik.
Albatta, inson busiz ham bemalol yashay oladi, biroq ular salomatlik uchun juda foydali.
Xo‘sh, qanday holatlarda xurmo qoqisi iste’moli tavsiya etiladi?
• miyani ko‘p ishlatishga to‘g‘ri kelganda
Ma’lum bo‘lishicha, quritilgan xurmo qoqisi miyaga ijobiy ta’sir qiladi, uning samaradorligini 20 foiz va undan ko‘proqqa oshiradi;
• jismoniy toliqish va charchashda
Xurmo qoqisi iste’molidan atigi yarim soat keyin hatto juda charchagan inson ham qayta quvvatga to‘ladi;
• nafas yo‘llari kasalliklarida;
• yurak-qon tomir kasalliklarida
Kaliy miqdorining yuqoriligi sabab shunday xususiyatlarga ega. Yurak sohasidagi yetishmovchilikda xurmo qoqisi uning faoliyatini rag‘batlantiradi, uni mustahkamlovchi vosita bo‘lib xizmat qiladi, uzoq kasallikdan so‘ng kuchlarni qayta tiklaydi;
• kamqonlik, anemiyada;
• oshqozon yarasi va saratonining rivojlanishini oldini olish uchun
Pektin va ozuqa tolalari ichak peristaltikasini oshiradi va shu bilan saraton kasalliklari rivojlanishi oldini oladi;
• erkaklik quvvatini oshirish uchun;
• impotentsiyada;
• asab tizimi buzilishida;
• tug‘uruq jarayonining muvaffaqiyatli o‘tishi uchun
Tug‘uruqdan keyin organizmni qayta tiklash uchun ayollarning xurmo qoqisi iste’mol qilishi juda foydali. Ilmiy tajribalarning ko‘rsatishicha, xurmo qoqisi homiladorlikning so‘nggi oylarida bachadon mushaklarini mustahkamlovchi maxsus moddalarga ega. Bu esa nafaqat tug‘uruqni yengillashtiradi, balki tug‘uruqdan keyin qon ketish muddatini ham kamaytiradi;
• dengiz kasalligi va tebranishda;
• shamollashda;
• homila tushishining oldini olish uchun;
• kapillyar devorlarini mustahkamlash uchun;
• ovqat hazm qilishni yaxshilash, oshqozon-ichak faoliyatidagi buzilishni bartaraf etish uchun
Xurmo qoqisi ovqat hazm qilish uchun juda foydali, ular ovqat hazm qilish tizimiga tozalovchi ta’sir ko‘rsatadi. Rus olimi I.I.Mechnikov esa ichak buzilishida xurmo qoqisi iste’molini tavsiya qiladi;
• ko‘rish qobiliyatini yaxshilash, ko‘z charchashini kamaytirish uchun;
• qon aylanishini kuchaytirish, yuqori qon bosimini kamaytirish uchun;
• ko‘plab antibiotiklarning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun;
• qarishga to‘sqinlik qilish uchun, finiklar umrni uzaytiradi;
• ona sutini vitaminlar bilan to‘yintirish uchun
Xurmo qoqisi iste’moli ona sutini bolaning to‘laqonli rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan ko‘plab vitaminlar bilan ta’minlaydi va shu tariqa bola organizmida ko‘plab kasalliklarga qarshilikni oshiradi. Shu bois zamonamiz parhezshunoslari homilador va bolani ona suti bilan boquvchi ayollarga bu mevani tavsiya qilishadi;
• milklar qonashini bartaraf etish uchun
Xurmo qoqisi tarkibidagi minerallar tishlar uchun juda foydali. U tish to‘qimalarini mustahkamlovchi moddalardan biri hisoblanadi;
• immun tizimini mustahkamlash uchun;
• kantserogenlar hosil bo‘lishining oldini olish uchun;
• infektsiyalarga chidamlilikni oshiruvchi tromblarning hosil bo‘lish ehtimolini kamaytirish uchun;
• beqaror va asab buzilishidan aziyat chekuvchi bolalar uchun;
• yurak va qon bosimi bilan bog‘liq kasalliklarni bartaraf qilish uchun;
• ichki quloq kasalliklari natijasida yuzaga keluvchi shishlar va bosh aylanishini davolash uchun;
• qondagi qand miqdorini tartibga solish uchun;
• organizmdan og‘ir metallar ionlarini chiqarish uchun;
• homilador ayollarda depressiya holatini bartaraf etish;
• artritni davolash;
• og‘riqni qoldirish uchun;
• oshqozon osti bezi saratoni kasalliklari xavfini kamaytirish uchun
• organizmda moddlar almashinuvini yaxshilash va qondagi xolesterin miqdorini kamaytirish uchun;
• jigar va sariq kasalliklarini davolash;
• mushakdagi og‘riqlarda.