Vitaminlar va tashqi korinishdagi ayrim kamchiliklar
- Muallif: Malika
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2015-09-22 12:24:03
- 0
- 0
- 16532
Vitamin D yetishmovchiligida uning tomchilarini ichish albatta zarur deb o’ylaysizmi?
Demak, siz vitamin D ning sutkalik ehtiyoj miqdori qanchalik kam ekanligini bilmaysiz - ikkita engilgina qaynatilgan tuxum katta odam uchun etarlidir.
Agar vitaminlar bo’lmaganida… biz ularni balki o’ylab topgan bo’lar edik. Ularsiz biz judayam achinarli holatda bo’lishimiz mumkin edi – sochlarimiz qurib, t’op bolib to’kilishi, tirnoqlarimiz sinib, terimiz… O’z go’zaligimizni saqlashimiz va yanada barkamolikka yetkazishimizning eng to’g’ri va oddiy usuli bu – go’zallik vitaminlarini qabul qilish. Binobarin, ularning ehtiyojimizdagi miqdorini oziq-ovqat mahsulotlari orqali olishimiz mumkin. Qanday qilib sizning organizmingizga qaysi vitamin kerakligini aniqlashingiz mumkin? Bu juda oddiy: tashqaridan o’zingizga qarab ko’ring – teringiz, sochlaringiz va tirnoqlaringiz qaysi holatda?
Agar yuz terisi quruqlashgan bo’lsa va qo’l tekkizilganda pergament qog’ozini eslatsa, tirsaklar va tizzalar yosh filchaning terisiga… o’xshab qolgan bo’lsa :)
Bu nimani anglatadi?
Sizga vitamin yetishmayapti. Ushbu vitamin epiteliy kletkalarining rivojlanishiga yo’rdam beradi va terimizning eng birinchi himoyalovchisi hisoblanadi. Faqat bu emas, balki vitamin A boshqa qator hususiyatlarga ega. Uning yetishmovchiligida ko’pgina yoqimsiz holatlar kelib chiqishi mumkin. Masalan, kechqurun yahshi ko’rolmaysiz, har hil shamollashni qo’zg’atuvchi viruslar va mikroblar uchun qulay rivojlanish manbai bo’lishingiz mumkin.Sizning tanangiz har kuni 1mg dan kam bo’lmagan miqdorda vitamin A qabul qilishi kerak. Ushbu miqdorni siz 4 dona tuxumdan, 10g jigardan, 60g sariyog’dan, 100g lavlagidan, 60g sabzidan, 400g o’rikdan olishingiz mumkin. Agar siz umuman teringiz dag’allashishini istamasangiz, qo’y va mol yoki boshqa hayvon yog’larini ham iste’mol qilishingiz kerak bo’ladi, chunki vitamin A ular bilan judayam yahshi o’zlashtiriladi.
Agar labiniz chetlarida kichkina chiziqchalar, yuzingizda husnbuzar toshmalari bo’lsa
Bu nimani anglatadi?
Sizda vitamin B2 etishmayapti. Aynan shu vitamin teriga sog’lom ko’rinish bahsh etadi va undagi moddalar almashinuvi, yoki birdan paydo bo’lgan o’zgarishlarga javobgar hisoblanadi. Ushbu vitaminning terini tozalashi birgina hususiyat emas. Vitamin B2 nerv tizimining uzluksizishlashi va qon ishlab chiqarishdagi ahamiyati betakrordir.Vitamin B2 ning surkalik ehtiyoj miqdori – 3mg. Ushbu miqdor quyidagi oziq-ovqat mahsulotlarida mavjud: 150g jigar, 10 dona tuxum, 1 litr sut, 800g pishloq, 0,5kg tvorog va b. Agar oziq-ovqat mahsulotlari quyosh tig’ida saqlansa yoki uzoq vaqt haroratli qayta ishlanishda ishtrok etsa vitamin B2 tez uchib ketishi mumkin. Ammo uni ko’p iste’mol qilib bo’lmaydi, chunki u tanada yig’ilib boradi. Yana bir hususiyatiushbu vitamin hayvon oqsillarisiz tanaga so’rilmaydi.
Agar terida qichimali qizilliklar paydo bo’lgan bo’lsa
Bu nimani anglatadi?
Sizga vitamin B3 yoki nikotin kislotasi etishmayapti. Shuni eslatib o’tamizki, nikotin kislotasi sigaret tarkibidagi nikotin moddasi bilan tubdan farq qiladi. Nikotin kislotasi birinchi o’rinda yog’li kislotalarning hosil bo’lishida katta ahamiyatga ega, ya’ni u terining tarangligini va egiluvchanligini ta’minlab beradi. Bundan-da ahamiyatlisi vitamin B3, yoshlik hususiyatlariga javobgar bo’lgan o’sish gormonlarining tanadagi konsentrasiyasini oshiradi. Vitamin B3ning tanadagi jiddiy etishmovchiligi teri dag’allashuv sindromini keltirib chiqaradi. Me’yordan ortiq mehnat faoliyatidagi odamlar, ayniqsa ushbu vitaminga muhtoj bo’lishadi. Shuningdek, nikotin kislotasi asabiylashish holatlarida birinchi yordamga keluvchilardan sanaladi. Har kuni bizning tanamiz 25ml vitamin B3ga muhtojlik sezadi. Ushbu miqdor 150 g losos lahm go’shtida, 250g oq qo’ziqorinda va 80gjigarda bo’ladi.
Agar sizda erta ajinlar paydo bo’lgan bo’lsa yoki teridagi yaralar uncha tez bitmayotgan bo’lsa
Bu nimani anglatadi?
Sizda vitamin B6 etishmayapti. Ushbu vitamin tanadagi oqsil almashinuvlarida, qayta tiklanish jarayonlarida ishtrok etadi, shuning uchun hamu o’zining tiklovchi va yoshartiruvchi hususiyatlari bilan mashxurdir. Kuniga bor yo’g’i 6mg vitamin B6 qabul qiling va o’z tashqiko’rinishingizdan mamnunlikni hiz eting. Ushbu miqdorni siz 200g suli yormasida, 850g tuzlangan karamda yoki 370g kurka go’shtidantopasiz. Vitamin B6 alkogol va nikotin bilan o’zlashtirilmaydi.
Agar sizning teringiz quruq bo’lsa va ayrim-ayrim joylarda kengaygan tomirchalar bo’lsa, yoki arzimas yaralar uzoq vaqtqonasa
Bu nimani annglatadi?
Sizga vitamin K etishmayapti. Ushbu vitamin qonning ivishiga javobgar hisoblanadi. Tezda kerakli miqdorda vitamin K qabul qiling va – hech qanday quruq teri endi yoq.
Tananing unga bo’lgan ehtiyoj miqdori mikroskopik darajada kam – bor yo’g’i sutkasiga 0,07 mg. Agar ushbu miqdorni mahsulotlarga o’girsak, u – 14g pista yog’ida, 40g salat bargida yoki 140g tvorogda mavjud. Menyu tuzayotib yodda tuting, vitamin K tanada omadli
sayohat qilishi uchun, unga hayvon yog’lari bilan birgalikda qatiq va sariyog’ do’st bo’lishlari kerak
Agar teri "horg’in” va rangpar ko’rinsa
Bu nimani anglatadi?
Sizga hamma vitaminlar orasida eng ayyor va makkor vitamin D etishmayotgan ekan. Buning sababi - birinchidan, ushbu vitamin quyosh nuri ta’sirida mustaqil sintezlanadi, lekin biz ekvatorda yashamasligimiz tufayli kuz va qish kunlarida unga katta ehtiyoj sezamiz; Ikkinchidan, tanamizdagi fosfor va kalsiy moddalarining miqdori ushbu vitaminga bevosita bog’liqdir.Siz baliq moyini yoqtirmaysizmi? Afsus, chunki aynan unda vitamin D katta miqdorda boladi. Agar ushbu "mazali” mahsulot bilan umuman chiqishmasangiz, baliqning yog’liroq turlarini iste’mol qilsangiz bo’ladi(masalan, skumbriya). Vitamin Dning sutkalik ehtiyoj miqdori shunchalik kichkinaki(0,005mg), uni osongina 2dona qaynatilgan tuxumdan, ikrali birgina buterbroddan olish mumkin. Vitamin D yahshi o’zlashtirilishi uchun unga vitamin A,C va B lar kerak bo’ladi.
Agar sizning teringiz yahshigina qarigan va bunga qo’shimcha ravishda o’zingizda charchash, uyqu bosishi va apatiyani hisetayotgan bo’lsangiz
Bu nimani anglatadi? Sizga yoshlik va go’zallik eleksiri bo’lgan - vitamin E etishmayapti. Ushbu vitamin organizmning deyarli barchajarayonlarida ishtrok etadi – DNKni erkin radikallar ta’siridan himoya qiladi va har hil o’simtalarning hosil bo’lishidan saqlaydi. Statistikama’lumotlariga ko’ra, dunyodagi barcha odamlarda ushbu vitamin etishmasligi kuzatiladi. Uning sutkalik ehtiyoj miqdori 30mg, lekin judayamharakat qilinganda ham biz faqat 10mgni iste’mol qila olamiz. Bu noyob "yoshlik eleksiri”ni qayerdan topsak bo’ladi?
U 50g o’simlik yog’i va200g yeryong’oqda mavjud. Shunga qaramay, uni qo’shimcha iste’mol qilishga to’g’ri keladi.
Agar sochlar judayam tez oqarayotgan, tirnoqlar sinib ketayotgan bo’lsa va ishtaha pasayib, asabiylashish ko’payotgan bolsa
Bu nimani anglatadi?
Sizga yahshigina energiya manbai bo’lgan vitamin B1 etishmayapti. U nafaqat tana a’zolarining "qurilishi”ga turtki bo’ladi, balki nerv tizimi va ovqat hazm bo’lish tizimlarining faoliyatini qo’llab quvvatlaydi.Har kuni biz ko’p ham emas, kam ham emas, balki 1,7mg vitamin B1ga ehtiyoj sezamiz. Ertalab nonushtaga o’sgan bug’doydan 5 osh qoshiq yoki yormali nonni iste’mol qilishni oda qiling. Faqat mazali ovqatlarni hush ko’radiganlarga dudlangan go’sht(250g yoki ko’proq) iste’mol qilishni tavsiya etamiz. Uning bir kamchiligi – qaynatilganda tezda parchalanishidir.
Agar teringiz dag’ashgan, sochlarda esa kumush rangli tolalar paydo bo’lgan bo’lsa
Bu nimani anglatadi?
Sizda vitamin B5 etishmayapti. Umuman tanamiz va qisman terimiz uchun ushbu vitamin judayam muhi, chunki u toksinlarni neytrallashtiradi. Ko’pincha haddan ortiq emotsional holatlat vitamin B5 etishmovchiligiga sabab bo’ladi.Sutkalik ehtiyoj miqdorini (6mg) 150g tovuq go’shtidan, 300g yong’oqdan, 170g hamirturushdan yoki … 39 dona olmadan olishimiz mumkin. Ushbu vitaminni asrash judayam qiyin, chunki u konservatsiya va muzlatishda parchalanib ketadi, yuqori issiqlikni ko’tarolmaydi va uch kun muzlatkichda saqlansa parchalanib ketadi.
Agar sizning sochlaringiz va tirnoqlaringiz yahshi o’smayotgan bo’lsa
Bu nimani anglatadi?
Sizda vitamin B9 etishmayapti. Ushbu vitamin yangi kletkalarning hosil bo’lishida va boshqa vitamonlarning o’zlashtirilishida ishtrok etadi. Yurak va miyani infarkt va insult holatlaridan, shuningdek kamqonlikdan himoya qiladi. Ayniqsa ushbu vitaminga homilador ayollar sog’lom bolani dunyoga keltirish uchun ehtiyoj sezadilar. Sutkalik ehtiyoj miqdori – 0,15mg. Ushbu ehtiyojni qondirish uchun 100g jigar, 2-3kg baliq, 400g salat bargi, 0,5kg qattiq pishloq yoki 2,5litr qatiq iste’mol qilishimizga to’g’ri keladi.
Agar sizning teringiz quruq, milklaringiz qonab ketuvchi, tirnoqlaringiz sinuvchan va sochlaringiz to’kiluvchan bo’lsa
Bu nimani anglatadi?
Sizga yoshlikdan ma’lum bo’lgan askorbinka, ya’ni vitamin C yetishmayapti. Askorbin kislotasi oqsil almashinuvida ishtrok etadi, holesterin miqdorini kamaytiradi. Ayniqsa ushbu vitaminga homilador va emizuvchi ayollar muhtojlik sezadi. Shuningdek, vitamin C ga chekuvchi odamlar ham katta ehtiyoj sezadi, chunki bir quti sigaret orqali yo’qotilgan vitamin C o’rnini 3kg apelsinni iste’mol qilish bilan to’ldirish mumkin.