Chak-chak
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Tayyorlash vaqti: 240 daq
- Toifa: Chak-chak
- Taomning kaloriyaliligi: 96644.9 ккал
- 2015-10-02 12:24:39
- 1
- 0
- 52985
Masalliqlar
- kungaboqar yog'i - 1,5 litr
- un - 600 gr
- shakar - 400 gr
- tuxum - 10 dona
- asal - 400 ml
- suv - 1 stakan
- tuz - 1 bir chimdim
- qavartma - 10 gr
Tayyorlash usuli
Chak-chak o‘zbek sharq milliy oshxonasining eng sevimli shirinliklaridan biri, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Har bir uy bekasining chak-chak pishirish mahorati bo‘yicha o‘z sirlari mavjud. Quyida uchburchak shakldagi chak-chak retsepti bilan ulashmoqchiman. Bu chak-chak kesilmay, qo‘lda olib yoyilishi sababli “donalik” deb ham yuritiladi.
Avval xamir tayyorlab olinadi. Buning uchun tuxum oqi blenderda bir chimdim tuz solib ko‘pirtiriladi. Ketidan tuxum sarig‘i solinadi va past tezlikda ko‘pirtirishda davom ettiriladi. Hosil bo‘lgan aralashmaga un, spirt va qavaratma solinib, juda mayil, yamshoq xamir qoriladi. Xamir zuvalasi sellofanga o‘ralib, 2 soat davomida tindiriladi. Har 25-30 daqiqada xamir sellofanda olinib, qo‘lda mujib turiladi. Shuni esda tutingki, chak-chak xamiri qattiq harakatlarni yoqtirmaydi, shunday ekan, mujganda ohistalik talab etiladi.
Keyingi bosqich xamir yoyish. Tingan xamir unlangan stol ustida juda ohista harakatlar bilan o‘qlovda yoyiladi. Ushbu xamir tuxumga qorilganligi bois juda yopishqoq va ug talab qiladi, shunday bo‘lsada, unni imkon qadar kamroq sepishga harakat qiling, yo‘qsa xamiringiz qattiq bo‘lib qoladi. Ingichka yoyilgan xamir naqshli kesgichda mayda uchburchak shakllarda kesib chiqiladi. Shakllar kichikroq bo‘lishi kerak, zero xamirga qavartma solingan va qovurish davomida ishib ketadi.
Chak-chak pishirilishi. Qozonga yog‘ solinib, qizdiriladi. YOg‘ qizigach, olov harorati pastlanadi, yo‘qsa xamir bo‘lakchalari tushgan yog‘da kuyib ketishi mumkin. Tayyor kesib chiqilgan shaklchalar qizdirilgan yog‘ga solinishi bilan chovli yoki qoshiqda yog‘ juda tez va aylanma harakatda aralashtiriladi. So‘ngra chovlida yog‘i silkitilib, kattaroq tog‘oraga suzib olinadi. Shuni inobatga olingki, xamir qizarib ketmasligi lozim, sababi, xamir yog‘dan suzib olinsa ham tog‘orada va asal bilan yopishtirilganda yanada qizg‘ish tusga kiradi. Shuningdek, xamir shaklini yo‘qotmasligi uchun uni kamroq miqdorda solib qovuring.
Bezatilishi. Pishgan chak-chak sovutilishi lozim. Unga qadar qiyom tayyorlanadi. Buning uchun tovaga suv solinadi, qizigach, ketidan 2 stakan shakar solib etiriladi. Suv ko‘pirib ketgach, ketidan asal solib, betinim aralashtirib turiladi. Aralashmaning quyuqlashib qolgani tayyorligidan dalolatdir. Endi chak-chakni yopishtiramiz. Buning uchun laganga ozgina qiyom quyiladi, ustiga qovurilgan chak-chak sepiladi. Chak-chak ustidan qiyom quyiladi va ustidan yana chak-chak sepiladi. shu yo‘sinda kamaytirilgancha piramida hosil qilinadi. Qiyomni juda ko‘p quyib yubormaslik zarur. Chak-chak laganga to‘lidirib, shakli hosil bo‘lgach, usti yaltirab turishi uchun ozgina qiyom nomiga quyib chiqiladi va istakka ko‘ra zar yoki shunga o‘xshash bezaklar sepib chiqiladi.
Odatda chak-chak bir kun oldin tayyorlab qo‘yiladi. Shunda qiyom chak-chakka singib, mazasi yetiladi.