Pirojka uchun oshirma xamir
- Muallif: Axmedjanova Kamola Bobir qizi
- Tayyorlash vaqti: 150 daq
- Toifa: Pishiriq
- Taomning kaloriyaliligi: 272 ккал
- 2015-09-15 18:03:11
- 0
- 0
- 35565
Masalliqlar
- kungaboqar yog'i - 1/2 choy qoshiq
- un - 500 gr
- shakar - 1 osh qoshiq
- sariyog' - 30 gr
- tuxum - 1 dona
- tuz - 1/3 choy qoshiq
- xamirturush - 25 gr
- sut - 220 gr
Tayyorlash usuli
Oshirma xamir tayyorlanayotganda xonada shabada bo‘lmasligi zarur.
Keltirilgan masalliqdan 800 gr xamir tayyorlanadi. Agarda sizda xonaki achitqi bo‘lmasa siz uni o‘rniga quruq achitqidan 1:3 nisbatda foydalansangiz bo‘ladi. Ya’ni 1 gr quruq achitqi, 3 gr xonaki achitqi massasiga ekvivalent bo‘ladi.
"Pirojka uchun oshirma xamir" tayyorlanishi
- Sutni ilitib, achitqi solib aratashtiriladi.
- Shakar solinadi va erigunigacha aralashtiriladi. 20-25 daqiqa tayyor bo‘lguncha qoldiriladi.
- Ushbu vaqt ichida sariyog‘ eritiladi va tuxumga qo‘shiladi.
- Bir massaga kelguncha aralashtiriladi.
- Tayyor bo‘lgan achitqini tuxumli massaga solinadi va yaxshilab aralashtiriladi.
- Oldindan tuz solib aradshtirib qo‘yilgan unga massa solinadi.
- Xamir tayyorlanadi va qo‘lga yopishmaydigan ko‘rinishga kelmagunga qadar qoriladi. So‘ng xamir dumaloq shaklga keltiriladi. Yog‘langan tog‘orachaga xamir soligadi va sochiq bilan ustini yopib 2-2.5 soat issiq joyda tindiriladi.
- Ushbu vaqt ichida xamir bir-ikki marta qoriladi.